Nikolay Potanin (19-asrning 1yarmi) — kazak xorunjiysi (podporuchik), Ros-siyadan maxsus topshiriq bilan Qoʻqon xonligiga yuborilgan (1829—30). Qo'zoq dashtlaridagi kazak otryadlaridan birining komandiri. Sankt-Peterburgga borgan Qoʻqon xonligi elchilarini kuzatish va bosib oʻtilgan yoʻllarning topografik haritasini tuzish topshirigʻi berilgach (1829-yil 13-may), Semipalatinskdan (yozuvchi S. Markovning fikricha, Omskdan) Qoʻqongacha bu elchilarni kuzatib kelgan. Mirzachoʻl, Chimkent, Toshkent, Xoʻjanddan oʻtib, 8-dekabrda Qoʻkrnga kelgan va 1830-yil 1-aprelda Toshkentdan chi-qib ketgan. P. oʻz sayohatlari natijasida "Qoʻqon xonligiga oid yozishmalar" asarini yozib, unda xonlikdagi maʼmuriy boshqaruv tizimi, saroy unvonlari, harbiy va diniy mansablar, shaharlar hayoti va bozorlar, Qoʻqon xonligining Buxoro amirligi bilan oʻzaro munosabatlari haqida qiziqarli maʼlumotlar keltirgan. Uning yozishicha, bu paytda Qoʻqonda 15000 erkak kishi, jumladan 4000 askar va 100 ta masjid, Toshkentda 10000 erkak kishi, jumladan, 3000 askar (600 tasi qoʻqonlik) boʻlgan. Bu asar Rossiyada 3-marta (1831, 1856, 1916) nashr qilingan. Asardan parchalar Toshkentda ham bosilgan (1990). Mashhur rus geografi G.N.Potanin uning oʻgʻlidir. Undan avvali kelgan Filip Nazarov bilan orasida bir qancha muddat oʻtgan boʻlsa ham, eʼtiborli tomoni Qoʻqon shahrini 13 yillik topografik oʻzgarishlarni koʻrish mumkin.

Adabiyot tahrir

  • Istoriya Uzbekistana v istochnikax. Oʻzbekiston v soobsheniyax puteshestvennikov i uchenix (20—80 godi XIX v.), (Sostavitel B.V.Lunin), T., 1990.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil