Potensialoskop
Potensialoskop (potensial va yun. skopeo — koʻraman, kuzataman) — elektr signallar tarzidagi axborotni yozib olish, saqlash va lyuminessent ekranda namoyish qilish uchun moʻljallangan elektron-nurli asbob. Yozib olingan axborot (matn, rasm, chizma va boshqalar) elektr signallari tarzida P.ning kirish elektrodiga beriladi. Elektr signali yozib oluvchi elektron nurni modulyasiyalaydi (oʻzgartiradi). Shu elektron nur nishonda siljib, uning dielektrik sirtidagi ikkilamchi elektronlarni urib chikaradi va unda oʻzgaruvchan potensial hosil q.iladi. Nishonda hosil boʻlgan potensial relf elektronlar dastasini modulyasiyalaydi. Ana shu elektronlar dastasi ekranda tasvir hosil qiladi. Shuning uchun P. koʻrinadigan tasvirli asbob deb ataladi. P. ossillograflar, radiolokatsion indikatorlar, EHM ning informatsiyani chiqarish qurilmalarida bir galli va kam takrorlanadigan signallarni kuzatish uchun ham qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |