Powder River – Yellowstone daryosining irmogʻi. Uzunligi taxminan 375 milya (604 km). va AQShning Montana shtati janubi-sharqi va Vayoming shimoli-sharqida joylashgan. Uning uzunligi janubiy irmogʻi bilan birgalikda 550 milyani tashkil qiladi. Daryo suvlari Bighorn togʻlarining sharqidagi baland tekisliklardan boshlanadi.

Powder daryosi
inglizcha: Powder River
Shimoliy Vayomingdan daryoning ko'rinishi
Shimoliy Vayomingdan daryoning ko'rinishi
Tavsif
Uzunligi 375 mi (604 km)
Daryolar havzasi 21,875 sq mi (56,660 km2)
Suv sarfi 15,8 m³/s
Suv oqimi
Boshlanishi Bighorn tog'lari
Quyilishi Yellowstone daryosi
Joylashuvi
Powder daryosi havzasining xaritasi
Powder daryosi havzasining xaritasi
Davlat

Powder daryosi uchta irmoqning Kaycee shaharchasida birlashishidan hosil boʻladi. Shimoliy va Oʻrta irmoqlar Bighorn togʻlarining sharqiy yonbagʻirlaridan, Janubiy irmogʻi Kasper gʻarbidagi Bighorn togʻlarining janubiy yonbagʻirlaridan boshlanadi. Powder daryosi qirgʻoqlaridagi qumlar kukunga oʻxshashi sababli shunday nomlangan[1][2].

Manbalar tahrir

  1. Urbanek, Mae. Wyoming Place Names. Missoula, MT: Mountain Press Publishing Company, 1988. ISBN 0-87842-204-8. 
  2. Chicago and North Western Railway Company. A History of the Origin of the Place Names Connected with the Chicago & North Western and Chicago, St. Paul, Minneapolis & Omaha Railways, 1908 — 115 bet.