Montana — AQShning shim.gʻarbiy qismidagi shtat. Togʻli shtatlar guru-xida. Kanada bilan chegaradosh. Maydoni 380,8 ming km². Aholisi 909,4 ming kishi (2002), shundan shahar aholisi 52%. Maʼmuriy markazi — Xelina shahri Yirik shaharlari: Billings va GreytFols. Shtatning gʻarbiy qismini Qoyali togʻlar egallagan, sharqiy qismi Preriy platosidan iborat. Iklimi moʻʼtadil, kontinental iqlim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —8°, iyulniki 20°. Yillik yogʻin 350–400 mm. Yirik daryolari: Missuri va uning irmogʻi Yellouston. M. hududida Gleysher va Yellouston milliy parklarining bir qismi joylashgan.

Montana
Montana
Shtat
Montana bayrogʻi Montana tamgʻasi
Montana bayrogʻi Montana tamgʻasi

Shtat laqabi:
(Treasure State)

Montana in United States.svg
Mamlakat AQSH bayrogʻi AQSh
Poytaxt Helena
Eng yirik shaharlar Billings
Missoula
Great Falls
Maydon

   • Butun
   • % suv

AQSh: 4-oʻrinda

380,838 km²
1.01 %

Aholi

   • Butun (2011)
   • Zichlik
   • Senat oʻrinlari
   • Elektoral ovozlari

AQSh: 44-oʻrinda

935,670
2.39 kishi/km²
1
3

YIM

   • YIM
   • YIM/kishi

AQSh: 47-oʻrinda

$27,482 million
$29,649

Ittifoqqa kirish

   • Sana

41-boʻlib

8-noyabr 1889

Vaqt UTC-7 (MST)
Qisqartma MT [30]
Shtat guli Bitterroot

(Lewisia rediviva)

Shtat daraxti Ponderosa Pine

(Pinus ponderosa)

M. iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi — kon sanoati va ekstensiv qishloq xoʻjaligi Mis, qoʻrgʻoshin va rux eritish, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekinlari: bugʻdoy va qand lavlagi. Milliy parklarga koʻplab turistlar keladi.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil