Yellouston milliy parki
Yellouston milliy parki - AQShning shimoliy-gʻarbidagi qoʻriqxona. Vayoming, Montana, Aydaxo shtatlarida qoyali togʻlarning oʻrta qismida, balandligi 2200–2500 m platoda joylashgan. Platoning atrofi balandligi 3000–3600 m li togʻ tizmalari bilan oʻralgan. Maydoni 9000 km2. Y.m.p. — mamlakatdagi dastlabki qoʻriqxona, 1872-yilda tashkil etilgan. Parkning 90% hududigina bargli qalin oʻrmon bilan qoplangan. Yellouston daryosida chuqurligi 360 m gacha, uzunligi 20 km li dara va balandligi 94 m gacha boʻlgan sharsharalar bor, balchiq vulkani va koʻl koʻp, eng kattasi Yellouston koʻli (maydoni 139 km2). 3 mingga yaqin geyzer bor. Yirik hayvonlardan qora ayiq (baribal), qoʻngʻir ayiq (grizli), bugʻu, ohu, antilopa, koyot, bizon va boshqalar. Qushlarning 200 ga yaqin turi mavjud. Yellouston milliy parkining tabiati manzarali, yiliga 4,5 mln. gacha turist keladi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |