Powerball — Amerika lotereyasi[1]. Biletlari mamlakatning 44 shtatida (Nevada, Yuta, Missisipi, Alabama, Alyaska, Gavayilardan tashqari) sotiladi[2]. Lotereyaning eng katta yutuqlari (jekpot) koʻpincha rekord darajada boʻladi. Masalan, 2013-yil may oyida 590,5 million dollar yutib olindi, 2016-yil yanvarda esa jekpot 1,5 milliard dollarni tashkil etgan va uni birdaniga 3 ishtirokchi yutib olgan edi. 2023-yil 8-fevralda Powerball tarixdagi eng katta lotereya jekpotini — 2 milliard dollar deb eʼlon qildi, uni Kaliforniyaning Altadena shahrida sotib olingan chipta egasi yutib oldi[3].

Qoidalari tahrir

Avvaliga 2 blokdan 6 dona raqam tanlanadi: 5 raqam birinchi blokdan (oq shar 1/69 turkumidan) va 1 raqam ikkinchi blokdan (qizil shar 1/26 turkumidan). Barcha tanlangan 6 raqamni topgan ishtirokchi jekpot sohibiga aylanadi. Shuningdek, 6 raqamdan 5 tasini topgan ishtirokchi 10 000 dollar, 4 tasini topgan ishtirokchi 100 dollar, 3 tasini topgan esa 7 dollar yutib olishi mumkin. Bilet narxi 2 dollardan iborat. Agar jekpot sohibi bir nechta boʻlsa, yutuq teng taqsimlanadi. Jekpotning yutuq fondi kamida 40 million dollardan iborat boʻlib, cheksiz ortib boraveradi. Oʻyin haftaning har chorshanba va shanba kunlari soat 22:59da Floridada oʻtkaziladi.

Manbalar tahrir

  1. Rasmiy sayt, 31–may 2016–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 19–sentabr 2017–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  2. „Посетитель заправки в США выиграл в лотерею почти $400 млн“ (ruscha). Рамблер Новости (2013-yil 19-sentyabr). Qaraldi: 19-sentabr 2013-yil.
  3. Andone, Aya Elamroussi,Dakin „Winning ticket for $2.04 billion Powerball jackpot sold in California, state lottery officials say“ (inglizcha). CNN (8-noyabr 2022-yil). Qaraldi: 8-noyabr 2022-yil.