Poyga
Poyga — 1) ot sporti turi; chopqir otlarni sinash. Angliyada 17-asrdan uyushtirila boshlagan. Markaziy Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda poyga qadimdan maʼlum. Poygada qatnashuvchi chavandozlar signal berilishi bilan belgilangan marraga qarab ot qoʻyganlar, gʻolib chiqqan chavandoz sovrin bilan mukofotlangan. Poyga, asosan, katta bayramlar, sayllar, toʻylarda oʻtkazilgan. Odatda, tekis joylarda uyushtirilib, atrofdagi qir-adirlarga rang-barang alvonlar bilan bezatilgan oʻtov va chodirlar tikilgan, turli taomlar pishirilgan. Poygada koʻpincha, bolalikdan ot minishga oʻrgatilgan oʻsmirlar qatnashgan.
Poyganing bir necha turlarii bor: tekis poyga (tekis joylarda, koʻpincha otchopar yoʻlkalarida 1000–4000 m masofaga); toʻsiqli poyga (5—9 ta yengil toʻsiqlardan iborat yoʻlkalarda 2000–3000 m masofaga); murakkab toʻsiqlardan sakrash (stipl-cheyz, 4000– 7000 m masofaga); kross (past-baland joylarda 3000–8000 m masofaga); otda ov qilish (turli hayvonlarni ov iti bilan quvish); 2) bir necha sportchilar ishtirokida turli transport vositalari bilan oʻtkaziladigan musobaqa. Masalan, avtomobil, motosikl, velosiped poygalari.[1]
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |