Poykiloterm hayvonlar (yun. poikilos — har xil, oʻzgaruvchan va therme — issiq) — sovuq qonli, tana haro-rati tashqi muhit harorati taʼsirida oʻzgarib turadigan hayvonlar. Poykiloterm hayvonlarga barcha umurtqasizlar, baliqlar, suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar kiradi. Poykiloterm hayvonlar tanasi harora-ti tashqi muhitga nisbatan 1—2° yuqori yoki tashqi muxdgga teng. Koʻpchilik Poykiloterm hayvonlar tana harorati quyosh nuri yoki muskullar qisqarishi tufayli koʻtariladi. Harorat optimal chegaradan oshganida Poykiloterm hayvonlar karaxt boʻlib qoladi yoki halok boʻladi. [[Termoregulyasiya mexanizmining rivojlanmaganligini nerv sis-temasining nisbatan kam rivojlanganligi, moddalar almashinuvining sekin borishi (issiqqonli hayvonlarga nisbatan 20—30-marta past), qon aylanish sistemasining tutash boʻlmasligi, arteriya va vena qonining aj-ralmaganligi bilan tushuntirish mumkin (yana qarang [[Termoregulyasiya).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil