Pozitroniy
Pozitroniy — musbat zaryadi pozitron ye+ va elektron ye~ dan tashkil topgan zarra. Pozitronlarning modda atomlari bilan sekin toʻqnashuvidan hosil boʻladi. Ps bilan belgilanadi. P. tuzilishi vodorod atomiga oʻxshaydi, unda vodorod atomidagi proton oʻrnida pozitron boʻladi. P.ni 1951-yilda ame-rikalik olim M. Deych kashf etgan. P. massasi ikkita elektron massasiga teng, oʻlchami vodorod atomi diametridan ikki hissa ortiqroq. P. asosiy va gʻalayonlangan holatlarda boʻlishi mumkin. P. energiyasining asosiy sathi elektron va pozitron spinlarining oʻzaro taʼsiridan 2 ta satxga ajraladi. Ular orasidagi energiya farqi 8,41-10—* eV ga teng. Pastki sath antiparallel spinli zarralar (parapozitroniy)ning holatiga, yuqori sath esa parallel spinli zarralar (ortopozitroniy)ning holatiga moye tushadi. P. juda kiska vaqt (sekundning bir necha ulushicha) yashaydi, annigilyasiya tufayli pozitron va elektronlarga aylanadi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |