Praga
Praga — Chexiyaning poytaxti. Mamlakatning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy vamadaniy markazi. Vltava daryosining har ikki sohilida. Iqlimi moʻʼtadil, kontinental; yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0°, iyulniki 19,2°. Yillik yogʻin 500 mm. Aholisi 1,2 mln. kishi (2000). Alohida maʼmuriy birlik qilib ajratilgan. Shahar tarixiy manbalarda 928 yildan tilga olingan. 10-asrdan Chexiya davlatining poytaxti. Praga Yevropadagi yiriksavdo shaharlaridan boʻlgan. Oʻttiz yillik urush (1618—48)dan keyin Praganing mavqei pasaygan. 19-asr oʻrtalaridan yirik sanoat shaxriga aylandi. 1918-yildan Chexoslovakiya Respublikasi poytaxti. 1939-yilda Pragani nemis fashistlari bosib olgan. 1945-yil 9-mayda ulardan ozod qilindi. 1993-yilgacha Chexoslovakiya poytaxti.
Praga | |
---|---|
50°5′15″N 14°25′17″E / 50.08750°N 14.42139°E | |
Mamlakat | Chexiya |
Hukumat | |
• starosta | Pavel Bém |
|
Praga — xalqaro ahamiyatga ega transport yoʻllari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Praga mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 1/10 qismini beradi. Mashinasozlikning turli sohalari: avtomobilsozlik,samoletsozlik, motorsozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, radioelektronika sanoatlari rivojlangan. Kime, toʻqimachilik, tikuvchilik, poligrafiya, oziq-ovqat sanoati korxonalari ishlab turibdi. Metropoliten qurilgan. Fanlar akademiyasi, Musiqa sanʼati va Tasviriy sanʼat akademiyalari, universitetlar, shu jumladan, Karl universiteti (1348), milliy muzey, milliy galereya, shahar mu-zeyi, 25 dan ortiq teatr va boshqa bor.
Pragada 10—18-asrlarga oid meʼmoriy va tarixiy obidalar saqlangan. Vishegrad qalʼasi, gotika sobori (11 —16-asrlar), Qirol saroyi (12—18-asrlar), Belveder saroyi (16-asr) va kad. maydonlar bor. Yangi turar joy binolari, zamo-naviy mehmonxonalar va boshqa jamoat binolari qurilgan.[1]
Praga (Chexcha: Praha) — Chex Respublikasining poytaxti.
-
Karl ko'prigi
-
Tom tasviri
-
St. Vita sobori
Havolalar
tahrir- Praga shahrining rasmiy vebsayti (chexcha) (Wayback Machine saytida 2014-06-21 sanasida arxivlangan)
- Praga koʻchalari (rus.) (Wayback Machine saytida 2010-11-09 sanasida arxivlangan)
Wikimedia Commonsda Praga mavzusiga oid fayllar bor. |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |