Preformizm (lot. praeformo — ol-dindan hosil qilaman) — organizm jinsiy hujayralarida embrionning rivojlanishi va undan hosil boʻladigan organizm xususiyatlarini oldindan belgilab beradigan moddiy tuzilmalarning boʻlishi toʻgʻrisidagi taʼlimot. Pre-formistik qarashlar tarixan uzok, vaqt davomida shakllangan. Dastlabki mikro-skopistlar (Ya. Svammerdam, M. Malpigi, A. Levenguk va boshqalar) fikricha, tuxum (ovizm) yoki urugʻ (animalkulizm) hujayrada barcha organlar batamom shakllangan, juda kichik murtakcha mavjud; rivojlanish fakat murtak qismlarining yi-riklashuvidan ibo-rat. Tuxum yoki urug hujayrani 1-oʻringa qoʻyishiga koʻra, preformistlarni ovistlar va animalkulistlarga ajratish mumkin. Preformistlar ilgari surgan gʻoya manti-qiy jihatdan kreatsionistlarning tirik organizmlarni xudoning oʻzi yaratganligi toʻgʻrisidagi gʻoyasiga yaqin keladi (qarang Kreatsionizm). Preformis-tik qarashlarni keyinchalik hayotning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi va boshqa gʻoyalarning muxoliflari (A. Gal-ler, Sh. Bonne, L. Spalansani va boshqalar) rivojlantirishdi, 18-asrning 2yarmidan boshlab organizm rivojlanishidagi izdan chiqishlar, ota-ona belgilarining irsiylanishi, organlar re-generatsiyasi toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplanib borishi bilan rivojlanishda yangi belgilarning muayyan tartibda hosil boʻlishi toʻgʻrisidagi taʼlimot — epigenez shakllandi. T. Mopertyui, J. B. Byuffon, ayniqsa, K. Volf to-vuq tuxumi va oʻsimlik murtagining rivojlanishini kuzatish asosida bu taʼlimotni yoqlab chiqishdi.

Jan Swammerdam, Miraculum naturae sive uteri muliebris fabrica, 1729

19-asrning 2yarmida urugʻlanish va hujayra boʻlinishi (mitoz)nnt mo-qiyati ochib berilishi hamda irsiyat va rivojlanish mexanizmlarining hujayra yadrosidagi xromosomalar bilan bogʻliqligi toʻgʻrisidagi taʼlimot paydo boʻlishi bilan preformistik qarashlar yana qaytadan yuzaga chiqa boshlaydi. Rivojlanishni faqat tashki sharoit taʼsiri (ektogenez) yoki moddiy boʻlmagan omil bilan bogʻliqligi toʻgʻrisidagi (vitalizm) epigenetik gʻoyalar asossiz ekanligi isbot qilindi. 19-asrning oxirida organizm tuzilishi va rivojlanishi hujayra yadrosi bilan bogʻliqligi, xromosomalarning individualligi, ularning urugʻlanish va belgilarning irsiylanishidagi ahamiyati toʻgʻrisidagi taʼlimot ham oʻz mohiyatiga koʻra dastlab preformizmga yaqin edi. 20-asr oʻrtalarida genlar kimyoviy tabiatining aniqlanishi, irsiy axborotning saqlanishi va irsiyatga berilishi mexanizmining aniqlanishi bilan P.ning koʻp asrlik va qaramaqarshiliklarga boy tarixi ham bar-ham topdi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil