Preriyalar (frans. prairie, lot. pratum — oʻtloq) — Shimoliy Amerikada, asosan, boshokdosh oʻsimliklardan ibo-rat oʻtloklar. Kanadaning janubidan Meksika togʻlarigacha tarqalgan. Oʻzlashtirilmasdan oldin Shimoliy Amerikada 1 mln. km² dan, Kanadada 2 mln. km² dan koʻproq maydonni egallagan. Oʻsimlik qoplamida Yevrosiyo choʻllaridagi singari, asosan, sovuqqa va qurgʻoqchillikka chidamli, chim hosil qiluvchi boshoqlilar dominantlik qiladi. P.ning asosiy qismi sharqda oʻzlashtirilib, mak-kajoʻxori va bugʻdoy e kil gan; gʻarbda yaylov sifatida foydalaniladi. P.ning tabiiy oʻsimliklari Kanadada saqlanib qolgan; odam tomonidan kam oʻzgartirilgan qolda AQSH dagi milliy bogʻlarda (Janubiy Dakota shtati) koʻrish mumkin. P. uchun xos hayvonlar (yaylov iti, krradum, butu, koyot, bizon) ham milliy bogʻlarda saqlanib qolgan.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil