Press (lotincha: rgesso — bosaman, ezaman) — materiallarga bosim bilan zarbsiz (statik) ishlov berish uchun moʻljallangan mashina. Temirchilik-shtamlash ishlab chiqarishning asosiy vositasi. Dastaki vintli P. 15—16-asrlarda hunurmandchilik ishlari (moy ajratish, uzum ezish va boshqalar)da ishlatilgan. Keyinchalik (17—18-asrlarda) metall ishlashda, xu-susan, tanga pul zarb qilishda, soʻngra temirchilik-shtamplash ishlarida keng tarkaldi.

P.ning gidravlik, mexanik va gidromexanik xillari bor. Ular krivoshipli yoki ekssentrikli, vintli, tirsakli, reykali va richagli; vertikal va gorizontal xillarga boʻlinadi. Pokovkalarni shtamplashda avtomatlashtirilgan P.dan foydalaniladi.

P. sanoatning turli tarmoklarida metall, plastmassalar, rezina, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berishda jismlarning shaklini oʻzgartirish (bolgʻalashshtamplash), boʻlak-boʻlak yoki kukunsimon materiallarni biriktirish (briketpash), yumshoq moddalarning haj-mini kichraytirish (paketlash), detallarni biriktirish (qarang Payvandlash), turli agregat xrlatdagi jismlarni birbiridan ajratish, me-tallarning mexanik xossalarini si-nash va boshqa ishlarda qoʻllanadi. Bundan tashqari, P.larda tikuvchilik mahsulotlari dazmollanadi, faneraga turli shakl beriladi, yigʻish operatsiyalari bajariladi, metallar mexanik sinovdan oʻtkaziladi. Hajmiy shtamplash uchun moʻljallangan yirik P.larning eng yuqori bosim kuchi — 750 MN gacha, list metarial uchun — 1500 MN.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil