Press-qolip — keramika, metall, plastmassa, rezina va boshqa materiallarni presslash yoʻli bilan maʼlum shakldagi hajmiy buyum (zagotovka)lar olishga moʻljallagan moslama. Dastaki, yarim avtomatik; olinadigan, yarim olinadigan, muqim (statsionar); ajratish tekisligi gorizontal hamda vertikal xillari bor. Press-qolipda bir yoki bir necha shakl boʻshliqlari boʻlishi mumkin. Ichi hovol buyumlarni tayyorlashda ularning ichki boʻshliqlariga puanson (sterjen)lar bilan shakl beriladi. P.-q. uglerodli yoki legirlangan poʻlat, rangli metallarning qotishmalari, gips va boshqalardan tayyorlanadi. Material va olinadigan zagotovkaga qarab, P.-q.da maʼlum temperatura saqlanadi. Buning uchun plita teshigi orkali keltiriladigan bugʻ yoki issiq suv, elektr qizdirish elementlari va boshqalardan foydalaniladi. P.-q. ichki yuzasi yuqori anikdikda silliklanadi, pardozlanadi va xrom eritmasi bilan krplanadi. P.-q. avtomobilsozlik, radiotexnika, elektrotexnika sanoatlarida, sanitariya texnikasi jihozlari tayyorlashda keng qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil