Pretoriya - JARning poytaxti. Apis daryosi sohilida, oʻrtacha 1738 m balandlikda. Transvaal provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 526 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Yanvar (eng issiq oy)ning oʻrtacha temperaturasi 21,4°, iyul (eng sovuqoy)niki 10°. P. — transport yoʻllarining yirik tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning qora metallurgiya sanoati markazi. Shahar ishchilarining deyarli yarmi metallurgiya kombinatida ishlaydi. Mashinasozlik va metallsozlik (tayyor kismlardan avtomobil yigʻish, velosipedlar va elektr ji-hozlari ishlab chiqarish), kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat, tamaki, sement, oynashisha, poligrafiya sanoati korxonalari, shahar yaqinida ferrovanadiy ishlab chikariladigan zavod bor. P. yakinidan olmos va temir rudalari qazib olinadi.

CentralPretoria

P. 1855-yilda burlar qalʼasi sifatida bunyod etilgan va burlarning siyosiy arbobi M. Pretorius nomiga qoʻyilgan. 1860-yildan Transvaal burlar respublikasi poytaxti. 1910-yildan JanubiyAfrika Ittifoqi, 1961-yildan JAR poytaxti. P.dahukumatidoralari, banklar, kompaniyalar joylashgan. Universitet, ilmiy tadqiqot institutlari, muzeylar, hayvonot bogʻi, rasadxona, kutubxonalar, teatrlar, kartinalar galereyasi va hokazo bor.[1]


Copy

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil