Prezidentlik boshqaruvi -favqulodda holatlar joriy etilganda davlat boshqaruvida qoʻllaniladigan vaqtinchalik boshkaruv shakli. U, asosan, federativ tuzilishdagi davlat boshqaruvi (mas, AQSH, Hindiston)da qoʻllaniladi. Subʼyektlar federal konstitutsiya yoki qonunlarni, hukumatning qonuniy talablarini buzganda, inson huquqlari poymol etilganda, jiddiy tartibsizliklar roʻy berganda, federativ davlatning yagonaligiga xavf solinganda, kuchli zilzila, suv toshqinlari va shahrik.da amalga oshiriladi. Prezidentlik boshqaruvi davlat boshligʻining maxsus farmoni (dekreti) bilan eʼlon qilinadi. Prezidentlik boshqaruvi paytida tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari vakolatlari toʻxtatiladi, ularning vazifasini bajarish prezident tuzadigan organ yoki prezident tayinlagan mansabdor shaxs zimmasiga yuklanadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil