Priapulidlar
Priapulidlar (Priapuliada) - tuban chuvalchanglar guruhi. Uzunligi 2 mm dan 10 sm gacha. Gavdasi chuvalchangsimon, gavda boʻshligʻi parenxima bilan toʻlgan. Gavdasining oldingi qismi — hartu-mi maxsus muskullar yordamida ichkarigatortib olinadi. Ichagi toʻgʻri, ogʻiz va anal teshiklari rivojlangan. Qon aylanish sistemasi yoʻq. Ayirish organlari protonefridiylar. Nerv sistemasi xalqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv stvolidan iborat. Ayrim jinsli. 7 uruqqa mansub 11 turi iliq suvli dengizlarda tarqalgan. Yirtqich, suv tubidagi uyalarda yashaydi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |