Primitiv (lot. primitivus — birinchi, eng dastlabki)— sanʼat taraqqiyotining ilk davrida yaratilgan asar. "P." tushunchasi 18—19-asrlar estetika va sanʼatshunosligida sanʼat taraqqiyotining "goʻdaklik" va "etuklik" bosqichlarini qaramaqarshi qoʻyilishidan yuzaga kelgan. P. (ayniqsa, 18-asrdan) hukmron uslub asarlari bilan qiyoslanganda obraz tuzilishining yaxlitligi va sodda koʻrinishining yaqqol koʻzga tashlanishi bilan oʻziga jalb qilishi mumkin. Zamonaviy sanʼatshunoslikda P. baholash maʼnosini butunlay yoʻqotgan, soʻnggi oʻrta asarlar sanʼati, ibtidoiy tuzum xususiyatlarini saqlagan xalklar sanʼati, muntazam badiiy taʼlim olmagan ustalar ijodiga, shuningdek, oʻta shartli ravishda primitivizm vakillari asarlariga nisbatan ishlatiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil