Pritam Amrita
Pritam Amrita (1919.31.8, Panjob, Gujranvala shahri) — hind shoirasi, adi-basi. Panjobi, hind tillarida ijod qiladi. Ijodining dastlabki davrida R. Tagor shaxsiyati va ijodining taʼsiri kuchli boʻlgan. Dastlabki sheʼriy toʻplamlari — "Sovuq nurlar" (1935) va "Amrita toʻlqinlari" (1936). Hozirgi hind adabiyotining eng nomdor vakillaridan boʻlgan. P. 60 dan ortik, asar (jumladan, 20 dan ortiq sheʼr, doston va qoʻshiklar toʻplami 30 dan op-tik, roman va qissalar), 200 dan ortik hikoya va ocherklar muallifi. Adi-baning asarlari 30 dan ortiq tillarga tarjima qilingan va nashr etilgan. P. sheʼrlari rus tilida 1957-yildan beri nashr etiladi: "Qora gul" (1971, Toshkent), "Qalblar asrori" (1977, Olma-ota) va boshqa P. butun ijodiy faoliyati davomida "ayollar mavzui" bilan qiziqqan va hozirgi insonning maʼnaviy hola-tini ifodalay olgan yaxlit ayol harak-terini yaratgan. Sheʼrlari Zulfiya tar-jimasida uzbek matbuotida chop etilgan. U Gʻafur Gʻulom, Oybek, Zulfiya, Asqad Muxtorning baʼzi asarlarini panjobi tiliga tarjima qilgan. Hindiston Adabiyot akademiyasining mukofotini olgan (1956), "Qogʻoz va yelkan" sheʼrlar toʻplami uchun Gyanpitx mukofotiga sazovor boʻlgan (1982).[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |