Priyanka Upendra
Priyanka Upendra(Trivedi) - hind aktrisasi. U asosan kannada filmlarida va bir nechta bengal, hind, telugu, tamil va odia tilidagi filmlarda suratga tushgan.
Priyanka Upendra | |
---|---|
Tavalludi |
Priyanka Trivedi 1977-yil |
Fuqaroligi | Hindiston |
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1997-yildan hozirgi kungacha |
Turmush oʻrtogʻi | Upendra Rao |
Bolalari | 2 |
Yoshlik yillari
tahrirPriyanka Kalkuttada bengal oilasida tug'ilgan. Uning onasi G'arbiy Bengaliyalik va otasi Uttar Pradeshdan. U maktab yoshidagi vaqtlarining o'n yilini AQShda va taxminan uch yilni Singapurda o'tkazdi. Kalkuttadagi kollejga o'qishga kirib uni bitirdi. U o'zini, intervyularida "introvert, juda moslashuvchan, yaxshi tinglovchi va sinchkov" - deb ta'rifladi. U 1990-yillarning oxirida Britaniya, Orient Electric va Pillsbury kabi kompaniya brendlari uchun reklama roliklarida ishtirok etgan. Bu vaqt ichida u rejissor Basu Chatterji tomonidan suratga olingan bengal tilli film "Hothat Brishtida"(1998)da rol o'ynagan.[1] Rejissor Basu Chatterjining yana ikkita, "Chupi Chupi"(2001) va Tak Jhal Mishti(2002) filmida suratga tushdi.[2]
Faoliyati
tahrirDastlabki muvafaqqiyatlar
tahrirKeyinchalik Priyanka Mumbayga ko'chib o'tdi va hind filmida Mujhe Meri Biwi Se Bachaao(2001) filmida rol o'ynadi. Keyin u janubiy hind filmlari uchun takliflar ola boshladi va telugu tilidagi Soori va "Raa" nomli filmlarida suratga tushishni davom ettirdi. Hind tilidagi Durga nomli qayta olingan filmda rol o'ynagan. Kannada tilidagi "H2O" va Kotigobba hamda, Tamil tilidagi "Raajjiyam", Raja, Kadhal , "Sadugudu va Jananam" filmlarida ketma ket suratga tushadi.
2015-yildan hozirgi kungacha
tahrir2015-yilda u 27 yoshida qotillik bilan bogʻliq bo'lgan, real hayotdagi voqeaga asoslangan “Priyanka” filmida rol oʻynadi.[3] 2016-yilda sahnaga chiqarilgan film tanqidchilar tomonidan ijobiy baho bilan qabul qilindi va Priyankaning ijrosi maqtovga sazovor bo'ldi.[4] "Deccan Herald" jurnalisti S.Viswanath Priyankaning kelajakda mashurlikga erishishi mumkinligini e'tirof etdi.[5] 2016-yilda "Mummy" filmida Priyanka beva ayol va yosh qizning onasi rolini o'ynagan. Uning ijrosi tanqidchilar tomonidan yaxshi qabul qilindi.[6] The New Indian Express muxbiri A.Sharadhaa filmni "texnik jihatdan ajoyib" deb atadi va "Priyanka filmni xit darajaga olib chiquvchi asosiy sabab" deb e'tirof etdi.[7] Uning 2018-yildagi suratga olingan"2nd Half" filmida jinoyatchilar jamoasiga qarshi bir o'zi kurashgan politsiya konstabli Anuradha rolini oʻynadi. Tanqidchi Sharadxaa: “Priyanka o'ziga katta mas’uliyat yuklaydi. Filmning asosiy mazmunini yoritib bera olish qobiliyatiga ega" - deb e'tirof etgan.[8] H.Lohitning “Mumiya” filmida va “Devaki”(2019) kriminal trillerida Priyanka Kalkutta koʻchalarida oʻgʻirlab ketilgan qizini (filmdagi qizchani haqiqiy hayotdagi qizi Aishwarya oʻynagan) qidirayotgan ona rolini oʻynadi[9]. "Deccan Herald" muharriri Vivek MV uning ijrosi haqida shunday deb yozgan edi: "Priyanka jiddiy, lekin ko'pincha u sababsiz yig'lab yuboradi. Qizidan ajralgan yolgʻiz onaning tashvishi, qoʻrquvi va dardi kabi boshqa qirralarini ham ochib berarmikan, deb ikkilandim. Yaxshiyamki, u oxirgi sahnalarda buni amalga oshira oldi".[10]
Devaki filmi turkumiga kiruvchi, "1980" deb nomlangan filmida Priyanka roman yozuvchi rolini o'ynadi.[11][12] Tanqidchi Prathibha Joy Ottplay.com saytida Priyankani ijrosini va film sujetini maqtab chiqadi.[13]
Filmografiyasi
tahrirYili | Film nomi | Rollari | Film tili | Manba |
---|---|---|---|---|
1997 | Yoddha | — | Bengali | |
1998 | Hothat Brishti | Deepa | Bengali | [14] |
Rakter Doshe | — | Bengali | [15] | |
Bada Din | — | Hindi | ||
1999 | Sautela | — | Hindi | |
Katha Kahiba Mo Matha Sindura | Pinky | Odia | ||
2001 | Mujhe Meri Biwi Se Bachaao | Sonia Malkani | Hindi | [16] |
Chupi Chupi | — | Bengali | [17] | |
Soori | Gayatri | Telugu | [18] | |
Raa | Shanthi | Telugu | [19] | |
Kotigobba | Priya | Kannada | [20] | |
2002 | H2O | Kaveri | Kannada | [21] |
Durga | Gayatri | Hindi | [22] | |
Raajjiyam | Anuradha | Tamil | [23] | |
Sathi | Sonali | Bengali | [24] | |
Raja | Priya | Tamil | [25] | |
Tak Jhal Mishti | Dipantika | Bengali | [26] | |
Guru Mahaguru | — | Hindi | [27] | |
2003 | Kadhal Sadugudu | Kausalya | Tamil | [28] |
Ice | Anjali | Tamil | [29] | |
Sangee | Rupa | Bengali | [30] | |
2004 | Rowdy Aliya | Rani | Kannada | [31] |
Malla | Priya | Kannada | [32] | |
Jananam | Shruthi | Tamil | [33] | |
2006 | Agnipariksha | Kabita | Bengali | [34] |
2008 | Aamar Pratigya | Rina Sen | Bengali | [35] |
Golmaal | Chandni | Bengali | [36] | |
2009 | Aparadhi | Nandini | Bengali | [37] |
2010 | Pancharangi | Herself | Kannada | [38] |
2011 | Shrimathi | Priya | Kannada | [39] |
Hello Memsaheb | Mita | Bengali | ||
2013 | Enemmy | Eklavya's Wife | Hindi | |
2014 | Crazy Star | Ravi's Wife | Kannada | |
2015 | Uppi 2 | Herself | Kannada | |
2016 | Priyanka | Priyanka | Kannada | |
Mummy | Priya | Kannada | ||
2018 | 2nd Half | Anuradha | Kannada | |
2019 | Devaki | Devaki | Kannada | |
2021 | 1980 | Priya | Kannada | |
Ugravatara | Kannada | [40] | ||
Life is Beautiful | Kannada | [41] | ||
St. Mark's Road | Tamil | [42] [43] | ||
Kaimara | Kannada | |||
Master Anshuman | Madhabi Sen | Bengali |
Manbalar
tahrir- ↑ „Priyanka Upendra remembers her mentor Basu Chatterjee - Times of India“ (en). The Times of India. Qaraldi: 14-dekabr 2020-yil.
- ↑ Srinivasa. „Sandalwood calling“. Deccan Herald (21-sentabr 2003-yil). 2005-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-sentabr 2020-yil.
- ↑ George. „A slice of reality“ (en). Deccan Herald (16-oktabr 2015-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2020-yil.
- ↑ Suresh. „Priyanka Movie Review“ (14-may 2016-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2020-yil.
- ↑ Vishwanath. „Priyanka: Love & murder most foul“ (en). Deccan Herald (6-fevral 2016-yil). Qaraldi: 23-sentabr 2020-yil.
- ↑ Suresh. „Priyanka Upendra's Mummy sequel is set in Manali“ (en). The Times of India (27-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2020-yil.
- ↑ Sharadhaa. „Mummy-save me Review: Blending fear with emotion and succeeding“. The New Indian Express (3-dekabr 2016-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2020-yil.
- ↑ Sharadhaa. „2nd Half Review: Interesting crime thriller that is let down by the slow pace“. The New Indian Express (1-iyun 2018-yil). 2020-yil 14-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 26-iyun.
- ↑ R. „A virtual platform for début directors“ (en-IN). The Hindu (6-aprel 2020-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2020-yil.
- ↑ Vivek. „'Devaki' review: An interesting thriller“ (en). Deccan Herald (6-iyul 2019-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2020-yil.
- ↑ „Priyanka Upendra's 1980 trailer gives movie buffs a peek into the concept of an alternate universe“ (en). The Times of India (24-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Priyanka Upendra’s upcoming film '1980' will be an exclusive OTT release“. The New Indian Express (16-sentabr 2021-yil). Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.
- ↑ Joy. „1980 review: Good plot, let down by drab execution, despite Priyanka Upendra’s effort to uplift it“ (en). OTTPlay. 7-noyabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.
- ↑ „ʻহঠাৎ বৃষ্টি’, ভারত-বাংলাদেশের ছবিতে যখন পরিচালক ছিলেন বাসু চট্টোপাধ্যায়“ (bn). News18 (2020-yil 4-iyun). 10-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-may.
- ↑ „RAKTER DOSHE (1998)“ (en). British Film Institute. 12-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-may.
- ↑ „Mujhe Meri Biwi Se Bachaao (2001)“. Bollywood Hungama. 20-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-may 2022-yil.
- ↑ „Chupi Chupi (2001) – Cast and Crew“. Cinestaan. 26-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-may.
- ↑ „Suri (2001) – Review“. Full Hyderabad. 29-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2022-yil.
- ↑ „Movie Review – Raa...“. Idlebrain.com. 6-iyun 2002-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-may.
- ↑ Daihtota. „No age bar in Bollywood“ (en). Entertainment Times (18-noyabr 2007-yil). 8-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-may.
- ↑ „Review – H2O“. Sify. 21-yanvar 2005-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-may 2022-yil.
- ↑ „Durga (2002) – Cast“. Bollywood Muvyz. 8-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2022-yil.
- ↑ Pearl. „Too many cooks spoil the plot“. Rediff.com (29-aprel 2002-yil). 11-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-may.
- ↑ „Sathi – SVF Entertainment“ (en-US). Official Website, Shree Venkatesh Films. 10-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-may.
- ↑ „Raja“ (en). Sify. 22-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-may.
- ↑ „Tok Jhal Misti – Prime Video“. Amazon.com. 11-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-may.
- ↑ „Guru Mahaguru (2002) – Cast and Crew“. Cinestaan. 11-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-may.
- ↑ Rangarajan, Malathi. „Film Review: Kadhal Sadugudu“. The Hindu (18-aprel 2003-yil). 1-fevral 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2022-yil.
- ↑ „Review – Ice“. The Hindu (2003-yil 11-iyul). 2003-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-may.
- ↑ „Sangee (2003)“. Entertainment Times. 11-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2022-yil.
- ↑ Sebastian R. „The beauty from Bengal“. The Hindu (5-dekabr 2017-yil). 11-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2022-yil.
- ↑ „Malla – Review“. Viggy.com (13-mart 2011-yil). 5-mart 2004-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-may.
- ↑ „Jananam“. Sify (30-dekabr 2004-yil). 11-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-may.
- ↑ „Agni Pariksha (2006) – Cast and Crew“. Cinestaan. 12-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-may.
- ↑ „Aamar Pratigya“ (en). Flipkart. 12-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-may.
- ↑ „Priyanka Trivedi“. Entertainment Times (23-sentabr 2013-yil). 20-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-may.
- ↑ „Aparadhi (2008) – Cast and Crew“. Cinestaan. 27-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-may.
- ↑ Shenoy. „Sensuous teacher“ (en). Deccan Herald (2010-yil 6-may). 28-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-may.
- ↑ „Celina's skin show ups the ante for Shrimati“ (en). Rediff.com (8-iyul 2011-yil). 28-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-may.
- ↑ „Priyanka Upendra to play detective in her next“. The New Indian Express (24-avgust 2021-yil). Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Team 'Life is Beautiful' wraps up shoot“ (en). The Times of India (21-aprel 2021-yil). Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Priyanka Upendra returns to Tamil with St Mark's Road“ (en). The New Indian Express (12-noyabr 2019-yil). Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.
- ↑ „Priyanka Upendra: "I have a particular liking for the thriller/suspense genre"“ (en). The Times of India. Qaraldi: 7-noyabr 2021-yil.