Probatsiya

Sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxsning jazoni qamoqqa olinmasdan, nazorat ostida o‘tash imkoniyatini beruvchi tizim

Probatsiya – bu sud hukmi yoki ajrimi bilan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan shaxslar tomonidan jazo ijro etilishini taʼminlaydi. Yaʼni, axloq tuzatish, majburiy jamoat ishlari, ozodlikni cheklash, muayyan huquqdan mahrum qilish jazolari tayinlangan va shartli hukm qilingan shaxslar tomonidan ularning bajarilishini nazorat qiladi. Jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilingan hamda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan voyaga yetmaganlarning xulq-atvori ustidan nazoratni amalga oshiradi. Probatsiya xizmati mazkur shaxslarning ijtimoiy moslashuviga, oʻqish va ishga joylashishiga hamda ularga huquqiy va psixologik yordam koʻrsatilishiga koʻmaklashadi. Shu bilan birga, nazoratdagi shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi[1][2].

Vazirlar Mahkamasi probatsiyani amalga oshirish sohasida yagona davlat siyosati roʻyobga chiqarilishini taʼminlaydi.

Probatsiya nazoratini amalga oshirishga koʻmaklashuvchi sub’ektlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • mehnat organlari;
  • davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari;
  • Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda uning hududiy boʻlinmalari;
  • taʼlim sohasidagi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va taʼlim tashkilotlari;
  • Yoshlar ishlari agentligi va uning hududiy boʻlinmalari.

Shaxsni probatsiya hisobiga qoʻyish uchun sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi, ajrimi yoki qarori, shuningdek amnistiya akti yoxud afv etish asos boʻladi.

Qonunga koʻra, shaxsni probatsiya hisobiga qoʻyish mazkur shaxsning yashash joyidagi tuman (shahar) probatsiya boʻlinmasining xodimi tomonidan probatsiyaga oid axborot tizimiga maʼlumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining probatsiya xizmati probatsiyani amalga oshirish sohasidagi vakolatli organi hisoblanadi.

Qonunchilik

tahrir

2018-yil 7-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzurida Probatsiya xizmati tashkil etilgan[3].

2023-yil 27-oktabr kuni Senatning qirq oltinchi yalpi majlisida „Probatsiya toʻgʻrisida“gi qonun maqullangan[4][5].

2024-yil 7-avgust kuni Prezident tomonidan „Probatsiya toʻgʻrisida“gi OʻRQ-938-sonli qonun imzolangan[6].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir