Professional ayollar futboli mukofotlari

Amerika Qoʻshma shtatlarida Professional ayollar futboli (WPS) mukofotlari nomi ostida har yili ayol futbolchilarga bir qator mukofotlar topshiriladi. Professional ayollar futboli (WPS) mukofotlarining 5 xil toifasi 2009-yil boshidan beri berib kelimoqda va 2010-yilda Professional ayollar futboli (WPS) mukofotlariga yana bitta toifa"Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi" mukofoti qoʻshilgan.

Professional ayollar futboli (WPS) mukofotlari muxlislar, futbolchilar va murabbiylar hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan ovozga qoʻyilgan holda aniqlanadi va nomzodlar orasida eng yuqori ovoz olgan futbolchi mukofotni qoʻlga kiritadi.

Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti

tahrir

Michelle Akers nomidagi „Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi“ mukofoti — bu ayollar professional futboli oʻyinchilari uchun beriladigan futbol mukofotidir. Mukofot har mavsumda liganing eng yaxshi futbolchisi deb topilgan futbolchiga beriladi. U sobiq AQShning afsonaviy ayol futbolchisi Michelle Akers sharafiga nomlangan.

Yil murabbiyi

tahrir

Yilning eng yaxshi murabbiyi mukofoti — bu ayollar professional futboli tomonidan mavsumdagi eng yaxshi murabbiyga beriladigan mukofot. Mukofot 2009-yildan beri berilib kelinmoqda.

Yilning eng yaxshi darvozaboni

tahrir

Professional ayollar futboli (WPS) 2009-yildan beri Yilning eng yaxshi darvozaboni (hozirda homiylik sabablarga koʻra Coast Guard yilning eng yaxshi darvozaboni) mukofotini topshirib keladi.

Yil eng yaxshi himoyachisi

tahrir

Professional ayollar futboli (WPS) 2009-yilda tashkil etilganidan beri "Yil himoyachisi" mukofotini topshirib keladi.

Yilning kashfiyoti

tahrir

Professional ayollar futboli (WPS) 2010-yildan beri Yil kashfiyoti („Yilning eng yaxshi yangi futbolchisi“) mukofotini topshirib keladi. Bu kollejni yaqinda tugatgan AQSh ayollar 1-Ligasining eng koʻzga koʻringan oʻyinchisiga beriladi.

Oltin Butsa mukofoti

tahrir

WPS Oltin Butsa (hozirda PUMA Oltin Butsa deb ataladi) mukofoti 2009-yildan beri Ayollar Professional Futbolining muntazam mavsumdagi eng yaxshi toʻpurariga topshiriladi.

Gʻolib Ikkinchi oʻrin egasi
Mavsum Oʻyinchi Klub Gollar Oʻyinchi Klub Gollar
2009-yil   Marta Los Anjeles Sol 10   Camille Ebily LosAnjeles Sol 8
2010-yil   Marta FC Gold Pride 19   Abby Wambach Washington Freedom 13
2011-yil   Marta Western New York Flash 10   Christine Sinclair Western New York Flash 10

Yil sportchisi

tahrir

Ayollar professional futboli (WPS) 2009-yildan beri „Yil sportchisi mukofotini topshirib keladi. Bu mukofot faqat oʻyinchilar va murabbiylar tomonidan ovozga qoʻyish natijasida mavsum davomida istalgan oʻzini koʻrsatgan futbolchilarga beriladi.

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir