Profilaktoriy
Profilaktoriy — davolashpro-filaktika muassasasi. Aholini ishdan ajralmagan holda davolaydi, dam olish uchun sharoit yaratadi. Yirik ishlab chiqarish korxonalari qoshida kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan tashkil qilinadi. Profilaktoriyga kunduzgi (kechasi ishlaydiganlar uchun), tungi (kunduzi ishlaydiganlar uchun) sanatoriylar, parhez oshxonalari va boshqa kiradi. Profilaktoriy ish qobiliyatini saqlashga, kasalliklar kamay-ishiga imkon beradi. Umumiy terapiya (ichki kasalliklarni davolaydigan) va, maxsus ixtisoslashtirilgan (asosan, maʼlum bir kasalliklar, mas, silni davolaydigan) profilaktoriylar bor. Profilaktoriyda davolanish uchun beriladigan yoʻllanma bepul yoki chegirilgan miqdorda boʻladi[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |