Projektor (lotincha: proectus — oldinga irgʻitilgan) — optik tizimlar yordamida lampaning yorugʻlik oqimini maʼlum fazoviy burchak ostida toʻplab yoʻnaltiruvchi yoritish asbobi. Projektorning optik tizimi sifatida koʻzgu va linzalar, yorugʻlik manbai sifatida yoyli lampa va maxsus choʻgʻlanma lampalar ishlatiladi. Uzoqni va yaqinni yoritadigan, signal beradigan hamda yorugʻlikni yoyib sochadigan xillari bor. Uzoqni yoritadigan projektorda parabolik qaytargichdan, yaqinni yoritadigan projektorda shisha yoki metall qaytargichlardan, signal projektorda ham parabolik qaytargichlardan foydalaniladi. Projektor harbiy ish va dengiz flotida, qurilishda, avtomobillar va lokomobillarda, temir yoʻl styasi, aerodromlar, qurilish maydonlari, teatr sahnasi va boshqalarni yoritishda, signalizatsiya va boshqa mak,sadlarda ishlatiladi. Elektron texnika vositalari (masalan, kineskop)da elektron projektordan foydalaniladi. Bular elektron nurlarni xreil qiladi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil