Sergey Sergeyevich Prokofyev [1891. 11 (23).4, Donetsk viloyati Sonsovka qishlogʻi – 1953.5.3, Moskva] – rus kompozitori, pianinochi, dirijyor, xalq artisti (1947). Italiya (1934), Shvetsiya (1947) musiqa akademiyalari aʼzosi. Peterburg konservatoriyasini kompozitsiya (1909), fortepiano va dirijyorlik (1914) buyicha tugatgan. 1918—32 yillarda AQSH va Yevropada yashagan, 1933-yildan Moskva konserva-toriyasi huzuridagi Oliy mahorat maktabida dare bergan. Prokofyev ijodi 20-asr jahon musiqa madaniyatida butun bir davrni tashkil qiladi. U musiqa sanʼatining uslubiy, badiiy-ifodaviy (ayniqsa, garmoniya, kuy) tizimlarini yangilab, oʻziga xos yoʻl ochdi va koʻpgina (jumladan, Oʻzbekiston) kompozitorlar ijodiga taʼsir koʻrsatdi. Asarlari hayotbaxshligi, kuchli iroda va erkin ruhi, nafis lirikaga boyligi bilan ajralib turadi. Deyarli barcha musiqa janrlariga muro-jaat qilgan P. musiqiy portret ustasi sifatida tanilgan. Ijodida musiqali sahna janri asosiy oʻrin tutadi. Uning „3 apelsinga muhabbat“, „Olovli farishta“, „Urush va tinchlik“ ope-ralari, „Romeo va Julyetta“, „Zolushka“, „Tosh gul haqida xikoya“ baletlari, „Aleksandr Nevskiy“ kantatasi, cholgʻu konsertlari, 1-, 5—7- simfoniyalari, koʻpgina kamer-cholgʻu asarlari, kinofilmlarga yozgan musikalari 20-asr musiqasining mumtoz namunalaridir. Davlat mukofoti laureati (1943, 1946, 1947, 1951).

Sergey Prokofyev
Tavalludi 11 (23) aprel 1891[1]
Vafoti 5-mart 1953[2][3]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR

Navoiy teatrida P.ning „Zolushka“, „Olovli farishta“, soʻnggi yillarda „Romeo va Julyetta“ asarlari sahnalashtirilgan.[4]

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. // (unspecified title)
  3. (unspecified title)
  4. "Prokofyev Sergey Sergeyevich" OʻzME. P-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil