Proktit

toʻgʻri ichak shilliq qavatining yalligʻlanishi

Proktit (yun. proktos — yoʻgʻon ichak, itis — yalligʻlanish) — toʻgʻri ichak shilliq qavatining yalligʻlanishi. Yoʻgʻon ichakning qar qanday yalligʻlanishi (mas, kolit), toʻgʻri ichakdagi turli oʻzgarishlar oqibatida kelib chiqadi. P.ga (oʻtkir va surunkali) aksariyat jarohatlar (yot jismlar, mexanik taʼsirda; prostata bezini massaj qilishda, tozalovchi yoki davolovchi huqnalar-da), kimyoviy yoki termik kuyish yoki shilliq qavatga achchiq kalampir, spirtli ichimliklar, xom piyoz, sirka va boshqa taʼsir etishi sabab boʻladi. Klinik kechishi: tez-tez hojatga borish, tenezm, qorinning pastki qismida ogʻriq, toʻgʻri ichakda noxushlik sezish; bemor dam-badam siyishi ham mumkin. Odatda, kasallik 7—10 kun davom etadi. Kasallik davosi asosiy sababni bartaraf etish, parqez buyurishdan iborat.

Zamonaviy tekshirish usullari (rektoskopiya, koprologik tekshirish, toʻgʻri ichakni barmoq bilan tekshirish) bilan infeksion (spetsifik, mas, dizenteriya) yoki nospetsifik P.ga aniq tashhis qoʻyish mumkin. Surunkali P., odatda, davolanmagan yoki notoʻgʻri davolangan oʻtkir P. asoratidir.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil