Propiley
Propiley, propilon (yun. propylaion — eshik oldi, kirish) — shaharga, yirik meʼmoriy ansambllarga kiriladigan markaziy darvo-za, serhasham yoʻlak. Ikki tomoni portik va kolonnadalar bilan bezatilgan boʻladi. Dastlab Yunonistonda muqad-das dargohlar va akropol kiraverishiga qurilgan. Afina akropoli (miloddan avvalgi 437—432, meʼmori Mne-sikl), Myunxen (1846—60, meʼmori L. Konse), Sankt-Peterburgdagi Smolniy (1923—24, meʼmorlari V. A. Shchuko, V. G. Gelfreyx) P.lari mashhur.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |