Proporsiya (lot. proportio — munosabat), mutanosib — 1) matematikada — a, b, c, d toʻrt kattalikning ikki nisbati orasidagi tenglik: a:b=c:d. Bunda a, b, c, d — proporsiya hadlari; a va d — chetki, b va c — oʻrta hadlar deyiladi. Proporsiyaning asosiy xossasi: oʻrta hadlari koʻpaytmasi chetki hadlar koʻpaytmasiga teng bc=ad. Bu asosiy xossasi orqali proporsiyaning toʻgʻriligi tekshiriladi va uning biror hadini boshqa hadlar orqali ifodalash mumkin; karrali va butun sonli nisbatli proporsiyadan tashqari, irratsional nisbatlarga keladigan mutanosiblashtirish sistemalari keng tarqalgan (masalan, oltin kesim); 2) sanʼat va meʼmorlikda — badiiy asar yoki bino (inshoot) elementlarining bir-biriga nisbatan uygʻunligi; 3) keng maʼnoda — qismlarning oʻlchamlarining oʻzaro nisbati, umuman, narsalar oʻrtasidagi miqdoriy munosabat[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil