Proportsional saylov tizimi
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. (2024-10) |
Proportsional(mutanosiblik) saylov tizimi asosiga saylovchilar tomonidan partiya uchun berilgan ovozlar va partiya tomonidan olingan tuman shahar deputat vakolatlarining qonuniyligini guvohlantiruvchi hujjatlar o'rtasidagi proportsionallik(mutanosiblik) prinsipi qo'yilgan.
Proportsional saylov tizimi— ko'p mamlakatlarda qo'llaniladigan saylov tizizmiming bir turi. Majoritar saylov tizimi esa uning boshqa turi hisoblanadi.Proportsional saylov tizimi har xil turga ega. Umumiy tarzda uning mazmuni quyudagilardan iborat.
Davlat yoki vakillik organlari huddiy yagona saylov okrugi deb e'lon qilinadi. Siyosiy partiyalar va harakkatlar, ularning ittifoqlari( saylov uyushmalari, bloklari) o'z nomzodlari ro'yxatini ilgari surishadi. Saylovchi siyosiy partiya, harakatlar ularning rahbarlari va a'zolariga bo'lingan munosabatlardan kelib chiqqan holda, shunday ro'yxatlarning biriga ovoz beradi. Bunday holatda g'alaba qozonish saylov uyushmalaring taqdim etgan ro'yxati uchun berilgan ovoz soniga qarab proportsional bo'ladi, ammo ovozlarni hisoblash 5 % ko'p ovoz yiqqan ro'yxat bo'yicha olib boriladi.(Masalan Rossiyada 5 %, Shvetsiyada 4 %, Argentinada 3 %, Daniyada 2 %, Isroilda 1 %ni tasgkil qiladi ). Saylovda ishtirok etgan saylovchilar ovozining umumiy soni proportsional saylov tizimi bo'yicha deputatlar mandatining umumiy soniga bo'linadi va buning natijasida xususiy saylov degan ma'no hosil bo'ladi. So'ng, har bir nomzod uchun berilgan ovozlar soni xususiy saylovga bo'linadi. Shunday qilib, partiyalar, harakatlar vakillik organida qancha o'rin olganliklarini bilib oladilar . Ro'yxat ichidagi o'rinlarni(mandatni) nomzodlar birinchisidan boshlab navbatga ko'ra oladilar. Agarda ro'yxat markaziy qism va mintaqaviy guruhlarga taqsimlangan bo'lsa, unda birinchi bo'lib parlamentga markaziy qism nomzodlari o'tishadi.
Mintaqaviy guruhlardan nomzodlar tegishli mintaqada mazkur ro'yxat uchun saylovchilar bergan ovorlarga proportsional bo'lgan holatda o'rinlarni(mandatni) olishadi.
Proportsional saylov tizimining ijobiy tomoni shundaki, saylovchilarning ovozlari yo'qolmaydi, proportsional holatda partiya va harakatlar(faqat 5%li yoki boshqa o'rnatilgan chegaralardan o'ta olmaganlar tashqari) vakillik organida mandatga ega bo'ladilar. Proportsional saylov tizimining salbiy tomoni shundaki, saylovchi abstrakt shaxslarni saylaydi, ya'ni u faqat partiya, harakatlar liderlari va bir necha faollarni bilish mumkin, qolganlari esa unga noaniq, shu sababli ham saylovchi kimga ovoz berayotganini anniq bilmaydi. Bundan tashqari, saylangan deputatlarning ularni saylagan konkret okrugning saylovchilari bilan tog'ridan-tog'ri aloqasi yo'q, bu holatning aksini majoritar saylov tizimida ko'rishimiz mumkin.
Bir qator mamlakatlar umumiy nomzodlar ro'yxatiga ovoz berish tizimidan voz kechib, erkin nomzodlar ro'yxatini saylashga o'tganlar. Ushbu tizimda saylovchi partiyalar, harakatlar ro'yxatidan o'zlari xohlagan nomzodni saylash huquqiga va hattoki ro'yxatni to'ldirish huquqiga ega bo'ladilar.