Proteinoterapiya
Proteinoterapiya (yun. protos -birinchi va terapiya) — immunoterapiya turi. Davo maqsadida teri ostiga, muskul orasiga yoki venaga oqsilli moddalar (mas, sut, zardob va boshqalar) yuborish. P. koʻpincha surunkali infeksion va infeksion allergik kasalliklarda, yara kasalligida, trofik yara va hokazoda qoʻllanadi. P.da qon (qarang Gemoterapiya), kazein eritmasi va boshqa oqsilli moddalar yuboriladi. P.da bemor krnidagi leykotsitlar koʻpayib, qonning fermentativ faolligi ortadi, orga-nizmning umumiy quvvati kuchayadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |