Proteza (yun. prothesis — oldindan joylash) — talaffuzni qulaylashtirish uchun soʻzning eng boshida to-vush (odatda, unli) orttirilishi. Uzbek tilida oʻkuz—hoʻkiz, ogʻoch—yo-gʻoch singari tarixiy taraqqiyot ja-rayonidagi ayrim holatlarni hisobga olmaganda (bu yerda undosh orttirilgan), P. hodisasi, asosan, arab va fors tillaridan oʻzlashgan yoki rus tili orkali yevropa tillaridan kirgan soʻzlar talaffuzida uchraydi. Bunday soʻzlarning boshida, u, oʻ yoki i unlisi orttirib talaffuz qilinsada, bu holat yozuvda aks etmaydi: roʻmol — oʻramol, roʻza — oʻraza, ray-hon — irayhon; stol — istol, stul — ustul, istul, shtraf — ishtraf, stansiya — istansa kabi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil