Protezlash — tibbiy-texnik fan; gavdaning mayibmajrux. boʻlgan aʼzolari yoki qismlari shakli va funksiyalarini tiklashga qaratilgan tibbiytexnik tadbirlar sistemasi. P. tibbiyot bilan texnika oʻrtasidagi fan boʻlib, ortopediya, travmatologiya va tiklash jarroxligi bilan bogʻliq. P.ga xos maʼlumotlar juda qadimdan maʼlum, P.da, asosan, protez va protez-ortopedik buyumlar, apparatlar, poyabzallar va boshqa maxsus moslamalardan foydalaniladi. Eshitish apparatlari ham P.ning bir turi hisoblanadi. Shuningdek, P.da bemor va mayib kishilarning harakatlanishi uchun maxsus vositalar; hassa, qoʻltiq tayoq, aravacha va hokazo qoʻllanadi. Oʻzbekistonda P. — qoʻl-oyoklari va boshqa aʼzolarining anatomik nuqsoni boʻlganlarni moddiy taʼminlash turlaridan biri; mayiblarga maxsus moslamalar, odatda, bepul ijtimoiy sugʻurta va ijtimoiy taʼminot hisobidan beriladi. P. ortopediya va travmatologiya ilmiy tadqiqot institutlari hamda protez zavodlarida amalga oshiriladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil