Protistologiya
Protistologiya (yun. protistos — eng birinchi va ... logiya) — biologiyaning bir hujayrali organizmlar — protistlarni oʻrganadigan boʻlimi. "Protistlar" terminini 1866-yilda nemis olimi E. Gekkel kiritgan va koʻp hujayrali oʻsimliklar va hayvonlar bilan bir katorda bakteriyalar, eng sodda hayvonlar, bir hujayrali suv-oʻtlar va tuban zamburugʻlarni oʻz ichiga olgan Protistlar dunyosini taklif etgan. Hozir ayrim olimlar Protistlar dunyosiga faqat eukariot organizmlar: eng sodda hayvonlar, ayrim suvoʻ-tlar va zamburugʻlarni kiritishadi. Boshqa bir guruh olimlar Protistlar dunyosiga yadroli barcha suvoʻtlar va tuban zamburugʻlarni ham kiritishni taklif etishadi. "Protsitlar" termini baʼzan protozoologiya sinonimi sifatida ham qoʻllanadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |