Protoplastlar
Protoplastlar (proto... va yun. plastos — hosil boʻlgan, shakllangan) — oʻsimliklarda uchraydigan, poʻstsiz, faqat hujayra membranasi bilan oʻralgan hujayralar. Hujayra membranasi sitoplazmani oʻrab turadi. P.ni hujay-ra injeneriyasida foydalanish uchun sunʼiy hosil qilinadi. Oʻsimlik hujayralarini klonlash va yaxlit oʻsimlikni regeneratsiya qilishda ham foydalaniladi. Poʻstsiz boʻlgani tu-fayli P.dan har xil oʻsimlik hujayralarini duragaylashda foydalanish mumkin. P. mikroorganizmlarda mutatsiyalar natijasida, antibiotiklar va zararli omillar taʼsirida ham hosil boʻlishi mumkin.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |