Protuberans (lot protubero -boʻrtmoq) — Quyosh gardishi yaqinida osmon sahnida kuzatiladigan choʻgʻlangan gaz buluti. Quyosh gardishiga proyek-siyalanganda P. qora tolalar tarzida koʻrinadi. Tola gardish chetida boʻlganda, uning bir qismi osmon sahnida yorugʻ P.ga aylanadi. Quyosh toʻla tutilgan paytlarda P.ni oddiy koʻz bilan koʻrish mumkin. P.dagi modda zichligi taxminan 1sm³ da 1010 atom, kinetik temperaturasi 8000—15000°, mutlaq turbulent tezligi 4 – 10 km/s, magnit maydoni kuchlanganligi 100—200 gauss. P.ning fizik xususiyati Quyosh xromosferasiga oʻxshash. P.lar tashqi koʻrinishi va hara-kat tasnifiga koʻra, sokin, eruptiv, faol turlarga boʻlinadi. P.ning oʻrtacha uz. 200 ming km, balandligi 50 ming km, qalinligi 5 ming km gacha, ichki qatlamlarining tezligi ~ 10 km/s; 1 — 2 kundan bir necha oygacha mavjud boʻladigan P.lar sokin P.lardir. Eruptiv P.lar esa sokin P.lardan birdaniga paydo boʻlib, ichki qatlamlarining Quyosh sirtidan tashqariga chiqish tezligi bir necha km/s ga tenglashadi. Natijada eruptiv P.larning rivojlanishi bir necha minutdan bir necha soatgacha davom etadi. P.larning xossalari hali toʻliqaniklanmagan. Lekin P.larning zichligi Quyosh toji zichligidan taxminan 100-marta koʻp, temperaturasi esa 20-marta kam. temperaturaning bunday farqi Quyosh tojidan P. ga proton va ionlarning intensiv oʻtishiga sabab boʻladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil