Psammitlar
Psammitlar (yun. psammites — kumli, psammos — qum) — qumli jinslar. P. tarkibida 50%, baʼzan undan koʻproq 0,05 – 1 mm oʻlchamli mineral zarrachalar va chaqiqtogʻ jinslari boʻladi. Yumshoq (uvalangan) P. — kum va jipslashgan (sementlashgan)lari — kumtoshlar deb yuritiladi. P. monomi-neralli (asosan, kvarsli), oligomiktli (kvarsdala shpatli va boshqalar) va poli-mineralli (arkoz va grauvak) jinslarga ajratiladi. Ular, asosan, togʻ jinslari yemirilib, chaqiq boʻlaklari koʻchirilib joylashganda hosil boʻladi. Baʼzi P. ning oʻzi foydali qazilma (no-ruda qurilish materiallari) yoki neft hamda gaz uyumlari oʻzida saqlaydi, kam hollarda olmos, oltin, platina va boshqa sochma konlar hosil qiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |