Psevdomorfozlar (psevdo... va yun. morphe — shakl), soxta shakl — tarkibi va ichki tuzilishiga tashqi shakli muvofiq boʻlmagan minerallar. Vir mineral oʻrnida ikkinchisi kris-tallansa, oddiy P. deyiladi; murak-kab P. esa bir necha mineral agregatlaridan hosil boʻladi. P. avval paydo boʻlib, keyinchalik yuvilib ketgan mi-nerallarning (shakli saqlangan holda) oʻrnini toʻldirish yoki kimyoviy almashish yoʻli bilan vujudga keladi. Bu ja-rayonda oldingi mineral tarkibining ancha qismi P.ga oʻtishi yoki butunlay erib chiqib ketishi mumkin (mas, kub shaklidagi pirit oksidlanish jaraye-nida limonitga aylansa limonitning piritdagi psevdomorfozlari hosil boʻladi; bunda amorf holdagi limonit ggiritning kristall shaklini egallaydi, yaʼni limonit piritning qolipiga tushganday boʻladi). P.ni oʻrganish minerallarning qonuniyatli oʻzgarishini aniqlashda katta ahamiyatga ega.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil