Psixofizik masala - keng maʼnoda — psixik xususiyatlarning fizik hodisalar bilan munosabati, tor maʼnoda — psixik va fiziologik (neyrogumoral) jarayonlar oʻrtasidagi nisbat masalasi. 17-asr mexanistik falsafasida Psixofizik masalani hal etishning 2 varianti vujudga keldi: psixofizik oʻzaro taʼsir (Dekart; ong sezgilar va shu kabi orqali tana taʼsirida boʻladi va unga iroda bilan taʼsir etadi) va psixofizik parallelizm (psixik va fizik ja-rayonlarning parallel ravishda namoyon boʻlishi). Psixofizik parallelizmga G. V. Leybnits, N. Malbransh idealistik, D. Gartli (18-asr) materialistik mavqedan yondashganlar va u 19-asr da keng ta-rqalgan. Dialektik materializm Psixofizik masalani psixika voqelikni faol aks ettiruvchi xossadir deb tushunish asosida hal qiladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil