Psixrofil mikroorganizmlar
Psixrofil mikroorganizmlar (yunoncha: psychros — sovuq va ... fil) — kriofil mikroorganizmlar, 0’ va undan pastroq (—10° gacha) haroratda oʻsa oladi. Obligat Psixrofil mikroorganizmlar uchun optimal haro-rat 10—15°, fakultativlar uchun — 25—30°. Metabolitik jarayonlariga sovuq kam taʼsir qilishi, jumladan, fermentlarining ancha past haroratda optimal taʼsir koʻrsatishi, lipid almashinuvining oʻziga xosligi (tarki-bida toʻyinmagan yogʻ kislotalarning nisbatan koʻp boʻlishi) bilan boshqa mikroorganizmlardan farq qiladi. Aktinomitsetlardan tashqari barcha mikroorganizmlar orasida uchraydi. Obligat Psixrofil mikroorganizmlar nisbatan doimiy haroratda, fakultativ Psixrofil mikroorganizmlar harorat keskin oʻzgarib turadigan muhitda ham yashay oladi. Ta-biatda keng tarqalgan. Arktika va Antarktida, gʻorlar, qorlar va togʻlardagi muzliklarda koʻp uchraydi. Mikro-skopik suvoʻtlardan ayrim turlari (odatda, xlamidomenadalar) qizgʻish pigment hosil qilib, qorni qizil rangga boʻyash xususiyatiga ega.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |