Psixrometr
Psixrometr (yun. psychros — sovuq va ...metr) — havo namligi va temperaturasini anikdashda ishlatiladigan asbob. Oddiy P. 2 qoʻshaloq (quruq va namlangan) termometrlardan iborat. Quruq termometr havo temperaturasini kursatadi. Namlangani (hoʻl latta bilan oʻralgani) issiqlik qabul qilgich hisoblanadi. Termometrning simobli uchini hoʻl doka bilan oʻrab, suvli idishga solinadi. Hoʻl dokadan suv bugʻlanganda termometrdan issiqlik yoʻqolishi kuzatiladi. Shu tufayli quruq termometrga nisbatan namlangan termometrning temperaturasi doim past boʻladi. Ikkala termometrning temperaturalar farqiga koʻra, maxsus psixrometrik jadval, diagramma, nomogrammalar yordamida havo namligi hisoblanadi.
P.ning stansion, aspiratsion va distansion xillari bor. Stansion P.ning termometrlari meteorologik budkaning maxsus shtativiga mahkamla-nadi. Aspiratsion P.ning termometrlari maxsus opravalarga oʻrnatiladi. Distansion P.da qarshilikli termometrlar, termistorlar, termoparalardan foydalaniladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |