Psow“ (abxazcha: Ҧсоу) — yarim shirin oq sharob navi. U Rossiya va Abxaziya chegarasidan oqib oʻtuvchi shu nomdagi daryo nomi bilan ataladi.

Vino klassik uslubda kam miqdorda faqat Abxaziyada yetishtiriladigan Tsolikauri uzumidan tayyorlangan. Hozirgi vaqtda „Psou“ sharobi Aligote, Riesling va Sauvignon navlaridan (aralashtirish usuli bilan) koʻp miqdorda ishlab chiqariladi[1].

Tayyor sharob tarkibida 9-10,5 % (11 % gacha) spirt, 5-7 gr/litr titrlanuvchi ishqorlik darajasi bilan 3-5 % shakar boʻladi. Yorqin-somon rangiga va muattar hidga ega. Mazasi yaxshi ifodalangan, navli, oʻziga xos, yoqimli shirin.

Adabiyotda tahrir

  • Fozil Iskandar. Inson turargohi[2].

Mukofotlari tahrir

  • Psou vinosi xalqaro vinochilik musobaqalarida ikkita kumush medal bilan taqdirlangan[manba kerak].
  • Rossiyaning Sochida boʻlib oʻtgan „Wine — Vodka 2003“ (sentabr) tanlovida „Psou“ Abxaziya vinosi oltin medalni oldi[3].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. „Abxazskoe vinodelie“. 8-noyabr 2007-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-iyun 2022-yil.
  2. Tekst knigi na Lib.ru
  3. Arxiv novostey