Bosh menuni ochish

Abxaz tiliAbxaziyada yashovchi abxazlar tili. Kavkaz (iberiy-kavkaz) tillarining abxaz-edigey guruhiga ki-radi. Abxaz tilida 70 mingdan ko‘proq kishi so‘zlashadi. 2 asosiy dialekti – abjuy (adabiy tilga asos bo‘lgan) va bzib bor. Abxaz tilida undosh fonemalar juda ko‘p. Unlilar tizimi oddiy. Turlanish kam taraqqiy etgan. Lug‘atidagi ko‘p so‘zlar bir bo‘g‘inli o‘zakdan iborat. 19- asrning 60-yillarqdan Abxaz tili yozuvini yaratish uchun intilishlar bo‘ldi. 1862 yilda P. K. Uslar Abxaz tili uchun kirill-rus grafikasi asosida alifbo tuzdi. 1926 yilda u tizimi N. Ya. Marrning analitik alifbosi bilann almashtirildi. Abxaz tili. 1928 yildan lotin, 1938 yildan gruzin, 1954 yildan yana kirill-rus grafikasi asosidagi yozuvga ko‘chdi.[1][2]

Abxaz tili
Milliy nomi Аԥсуа бызшәа
Mamlakatlar Abxaziya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 113,000 (1993)
Turkumlanishi
Alifbosi kirill
Til kodlari
ISO 639-1 ab
ISO 639-2 abk
ISO 639-3 abk

ManbalarTahrirlash

  1. Abxaz tili haqida barcha malumot
  2. "Abxaz tili" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil