Abxazlar (Abx. aԥsua) (oʻzlarini apsua deb atashadi) – Abxaziyadagi xalq, Abxaziyaning asosiy aholisi. Umumiy soni 115 ming (1992-yil). Abxazlarning oz qismi qoʻshni Ajariyada, shuningdek, Turkiya, Gretsiya va arab mamlakatlarida ham yashaydi. Abxazlarning ajdodlari Ossuriya, keyinchalik antik davr manbalarida (abeshla shaklida) qayd etilgan boʻlib, Kavkazning Qora dengiz sohilida yashagan eng qadimiy xalqlardan sanaladi. Miloddan avvalgi minginchi yillarda Abxazlar ikki katta kabila (abxaz va apsi) dan iborat boʻlgan; keyinchalik bu qabilalar abxaz xalqining tarkib topishiga asos boʻlgan. Abxazlar abxaz tilida gaplashadi. Bular til va madaniyat jihatidan adigey xalqiga yaqin. Abxazlarning koʻpchilik qismi musulmon-sunniylar, pravoslavlar ham bor. Ular dehqonchilik, chorvachilik, asalarichilik, shuningdek, ovchilik bilan shugʻullanadi.[10]

Abxazlar
аԥсуа
Umumiy aholi soni

185 – 600 ming

Katta aholiga ega mintaqalar
 Abxaziya 39,000 – 500,000 [1][2][3][4]
 Turkiya 122,040 [5]
 [[|]] 3,527 [6]
 Gruziya (without Abkhazia) 11,366 [7]
 Rossiya 5,000 – 10,000 [4][8]
 Suriya 5,000 [4]
 Germaniya 1,458 [9]
 Ukraina
Tillar
Abxaz, Turk, Rus, Gurzin
Dinlar
islom dini, Paganizm

Manbalar

tahrir
  1. Abkhaz. Lewis, M. Paul (ed.), 2009. Ethnologue: Languages of the World, Sixteenth edition. Dallas, Tex.: SIL International. Online version
  2. (2009) Abkhazia Seeking Turkish Recognition of Independence
  3. (2009) ABKHAZIA’S DIASPORA: DREAMING OF HOME
  4. 4,0 4,1 4,2 Chirikba 2003 p8
  5. (2003) 2003 Census statistics (Ruscha)
  6. (2002)
  7. 2002 Census statistics (Ruscha)
  8. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named VoR05052012
  9. [1]
  10. "Abxazlar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil