Ptolemeylar, lagiylar — Qad. Misrda hukmronlik qilgan shoxdar sulolasi (miloddan avvalgi 305—30 yillar). Aleksandr (Iskandar)ning sobiq sarkardasi va maxrami diadoxlardan Ptolemey Lag tomonidan asos solingan. Ushbu sulolaning barcha 14 podshosi Ptolemey nomi bilan atalgan. Aleksandr saltanati parchalangach, Misrda P. mo-narxiyasi karor topgan. P. yunonmake-don armiyasi, amaldorlar va mahalliy kohinlarga tayangan. P. siyosatida mali-kalar katta rol oʻynaganlar. Bu sulolaning soʻnggi vakili Kleopatra VII boʻlgan. P. sulolasi vakillari: P. I Soter (323—283); P. I Filadelf (285— 246); P. III Yeverget (246-222); P. IV Filopator [221205/204]; P. V Yepi-fan (204-180); P. VI Filometor (180— 145); P. VII Neos Filopator (145); P. VIII Yeverget II (Fiskon) (170—116); P. IX Soter II (Latir) (116-108 va 88-81/80); P. X Aleksandr I (108/107 — 88); P. XI Aleksandr II (80); P. XII Neos Dionis (Avlet) (80— taxminan 51); P. XIII Dionis (51—47); P. XIV Filopator (47—44); Kleopatra VII Tea Filopatora (taxminan 51 — 30) (Kleopatra I — VI lar turli vaqtlarda regent yoki taxtdosh boʻlganlar).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil