Puanson (frans. poincon) — 1) shtamp va boshqa qurilmalarning asosiy kismi; metallarni shtamplash va presslash uchun moʻljallangan. Shtamplashda P. ishlov berilayotgan metallarga bevosita bosim bilan taʼsir qiladi. Presslashda zagotovkaga P. press-shayba orkali bosim beradi. P. juda qattiq poʻlatlardan tayyorlanadi; 2) matbaada — harf, belga va boshqalarning boʻrtma tasviri tushirilgan, kesimi toʻgʻri toʻrtburchakli taxtacha (brusok); matritsada chuqur tasvir hosil qilishda ishlatiladi; 3) geografiya haritalaridagi shartli belgilar (doiracha, kvadratcha va boshqalar); 4) material qat-tiqligini aniklashda sinaladigan ma-terialga bevosita taʼsir qiladigan detal (asbob, stanok detali va boshqalar).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil