Puent-nuar
Puent-nuar - Kongo Respublikasidagi shahar. Aholisi 576,2 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Mamlakatning Atlantika okeani sohilidagi eng muhim tashqi savdo porti (chetga marganets rudalari chiqariladi), portdan qisman Gabon, Chad va Markaziy Afrika Respublikasi ham foydalanadi. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Taxta tilish va faner zavodlari, oziq-ovqat sanoati korxonalari, poyabzal fabrikasi, neftni qayta ishlash zavodlari, kema verfi bor. Issiklik elektr styasi qurilgan. Baliq ovlanadi. Shahar atrofida neft, kaliy tuzi konlari bor. Shahar 1883-yilda bunyod etilgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |