Pulemyot (rus. pulya — oʻq va metat — otish) — dushmanning yer, havo va suvdagi nishonlarini shikastlash uchun ishlatiladigan tezotar avtomatik qurol. Tuzilishi va vazifasiga koʻra: stanokli, koʻl, tank, zenit, aviatsiya va rota P.lari, stvolining diametri boʻyicha asosiy kalibrli (6,5 — 8,0 mm) va yirik kalibrli (12,7–15 mm) xillarga boʻlinadi. Stanokli P. 2000– 2800 m gacha masofadan yerdagi nishonlarni va 500 m gacha masofadan havodagi nishonlarni shikastlaydi. Stanokli P. minutiga 250 — 700 oʻq uzadi, ogʻirligi 40–41 kg. Bu P.dan otishda ikki kishi ishtirok etadi. Zenit P.i havodagi nishonlarni (500 m gacha masofada) otish uchun moʻljallangan. Bu P. yirik kalibrli boʻlib, tank, bronetransportyor, kema va boshqa ga oʻrnatiladi. Nishonni 1830–3500 m dan shikastlaydi. Tank P.i tankka oʻrnatila-di: dushmanga tank toʻpi bilan birgalikda yoki alohida talafot yetkazish uchun moʻljallangan. Aviatsiya P.i, odatda, samolyot va vertolyotlarga oʻrnatila-di; dushman samolyotini, parashyutchilarini hamda yerdagi nishonlarni otish uchun qoʻllanadi. Qoʻl P. dushmanning jonli kuchlari va oʻt ochish vosi-talarini shikastlash uchun moʻljallangan; 1500–1830 m gacha masofadagi nishonni aniquradi. Qoʻl P.idan past uchuvchi samolyotlarga qarshi otishda ham foydalanish mumkin. Qoʻl P.ining jangovar oʻq uzish tezligi minutiga 150—600 oʻq, ogʻirligi 10 — 16,25 kg. Uni bir kishi ishlata oladi. Rota P.i 1000 m gacha masofadagi ochiq gruppa-viy va yolgʻiz nishonlarni shikastlash uchun qoʻllanadi. Jangovar otish tezligi minutiga 250 oʻq. P.lar magazinli va lentali turlarga boʻlinadi. P. bilan piyoda askarlar, tank, aviatsiya va boshqa harbiy boʻlinmalar qurollantiriladi. Birinchi P.ni amerika ixtirochisi X. S. Maksim 1883-yil ixtiro qilgan. Hozir koʻp mamlakatlarning qoʻshinlarida rus ixtirochilari V. A. Degtarev va M. T. Kalashnikov P.laridan foydalaniladi.[1]

DShKM
Kalashnikov Pulemyoti
RPK-74

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil