Pure imagination“ – 1971-yilda Willy Wonka & the Chocolate Factory (Willy Wonka va shokolad fabrikasi) filmida kuylangan qoʻshiq. Uni ingliz bastakorlari Leslie Bricusse va Anthony Newley film uchun maxsus yozishgan[1]. U Willi Wonka rolini ijro etgan Gene Wilder tomonidan kuylangan. Bricusse qoʻshiq telefon orqali bir kunda yozilganini aytgan[2]. Qoʻshiqda ogʻzaki tarzda aytilgan kirish soʻzlari mavjud[3].

„Pure Imagination“
Gene Wilder Willy Wonka rolida qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 1971-yil
Davomiyligi 4:20
Leybl Paramount
Matn muallif(lar)i Leslie Bricusse, Anthony Newley

Chiqarilganidan beri qoʻshiq turli xil sanʼatkorlar tomonidan yuzlab marta kover tarzda qayta kuylangan va remiks koʻrinishlari ishlangan[3]. Asl qoʻshiq birinchi marta chiqarilganda u qadar mashhur boʻlmagan. Filmning oʻzi blokbaster emas edi va saundtrekdagi boshqa qoʻshiqlar bunisiga qaraganda yaxshiroq ijro etilgan. 1980-yillarda film televideniyening takroriy namoyishlarida paydo boʻla boshlagach, film va „Pure Imagination“ qoʻshigʻi mashhur boʻla boshladi[2][4]. Garchi asl qoʻshiq hech qachon chartga kirmagan boʻlsa-da, baʼzi kover versiyalari katta mashxurlikka erishgan[5][4].

2016-yilda Wilderning oʻlimidan bir hafta oʻtgach qoʻshiq tarqalishi va sotuv hajmdagi koʻrsatkichi 1000% dan koʻproqqa koʻtarildi[5]. Qoʻshiq televidenie, radio va ijtimoiy tarmoqlarda Wilderga bagʻishlangan tarzda takror-takror qoʻyildi[4][6]. 2005-yilda suratga olingan Charlie va shokolad fabrikasi remeyk filmi uchun bu qoʻshiq umuman ishlatilmagan boʻlsa-da, qoʻshiq 2023-yilgi „Wonka“ prekvel filmida ham reklama materiallarida, ham filmning oʻzida, Timothée Chalamet tomonidan Wonka rolini ijro etish davomida kuylangan[7].

Koverlarning mashhur versiyalari

tahrir
  • 2005-yilda DJ Ford Jori ishtirokidagi EDM versiyasini chiqardi. U Billboard Dance Club chartida birinchi oʻrinni egalladi.
  • 2013-yil sentyabr oyida qoʻshiq Fiona Apple tomonidan kuylangan Chipotle qisqa metrajli filmida qoʻyildi[8]. (AQSh № 104)[9].
  • Ruby Arias (Emma Tremblay tomonidan tasvirlangan) Supergirl serialida „The Faithful“ epizodida maktab konserti uchun qoʻshiq koveri kuylangan[10].
  • Qoʻshiqning instrumental versiyasi 2017-yilda Marvel Studiosning "Thor: Ragnarok" filmida namoyish kuylangan[11][12].

Manbalar

tahrir
  1. „Stories of Standards: "Pure Imagination"“. KUVO (2019-yil 3-aprel).
  2. 2,0 2,1 Riedel. „Gene Wilder's most famous song was originally a dud“. New York Post (2016-yil 30-avgust).
  3. 3,0 3,1 „Why Has 'Pure Imagination' Been Covered So Many Times?“. WNYC Studios (2014-yil 22-oktyabr).
  4. 4,0 4,1 4,2 Geddes. „'Pure Imagination' By Gene Wilder From 'Willy Wonka' Hits iTunes Chart 45 Years After Initial Release“. Tech Times (2016-yil 31-avgust).Geddes, James (31 August 2016). „'Pure Imaginationʼ By Gene Wilder From 'Willy Wonkaʼ Hits iTunes Chart 45 Years After Initial Release“. Tech Times.
  5. 5,0 5,1 Zellner, Xander (September 7, 2016). 'Pure Imagination' Streams Increase 1,061% After Gene Wilder's Death“. Billboard. 2016-09-10da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2024-01-05.{{cite magazine}}: CS1 maint: bot: original URL status unknown ()Zellner, Xander (7 September 2016). . Billboard. Archived from the original on 10 September 2016.
  6. Hines. „Coldplay performs touching Gene Wilder tribute with 'Pure Imagination'“. Today (2016-yil 31-avgust).
  7. Rudoy. „Timothée Chalamet Finally Sings Iconic Gene Wilder Song In New Wonka Trailer“. ScreenRant (2023-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 28-noyabr.
  8. Roberts. „Fiona Apple covers Willy Wonka in striking new Chipotle clip“. Los Angeles Times (2013-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2013-yil 14-sentyabr.
  9. „Fiona Apple – Chart history | Billboard“. Billboard. Qaraldi: 26 August 2016.
  10. „'Supergirl' recap: Kara hosts an awkward girls' night“ (en-US). EW.com (2017-yil 31-oktyabr). 2018-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-yanvar.
  11. Schmidt. „'Thor: Ragnarok' Has A Willy Wonka Easter Egg“ (en). Comicbook.com (2017-yil 4-noyabr).
  12. Armitage. „12 amazing Easter eggs from Thor: Ragnarok“ (en). Digital Spy (2017-yil 25-oktyabr).

Havolalar

tahrir