Purizm (frans. purisme, lot. purus — sof, toza) — 1) adabiy tilni boshqa tillardan olingan oʻzlashtirmalar, neologizmlardan tozalash hamda adabiy tilga meʼyorlanmagan leksik va grammatik (xalqchil soʻzlashuv, sodda tilga oid, sheva va boshqalar) unsurlarni tabiiy ravishda kirib kelishidan saqlashga intilish. Milliy adabiy tillar shakllanishi davrida P. turli siyosiy va madaniy oqimlar bilan bogʻlanishi mumkin. 2) urfodatlar (feʼl-atvorlar)ning sofligi va jiddiyligiga (baʼzida yuzaki tarzda) intilish.

P.ga milliy adabiy tillar meʼyorlari shakllanish davri va adabiy tilning uslubiy tizimidagi oʻzgarishlar (leksikaga yangi unsurlarning oqib kelishi, ularning uslubiy jihatdan qay-ta taqsimlanishi) xos boʻlib, u koʻp hollarda ayrim siyosiy va madaniy oqimlar bilan bogʻliq (mas, Vengriya, Chexoslovakiya, Turkiya, Hindistonda adabiy tillarning vujudga kelishi). Puristlar milliy tilning oʻziga xosligini — uning hattoki oʻzlashtirilgan (chet tillardan olinib, allaqachon isteʼmolga kirgan zaruriy unsurlardan toʻla ozod boʻlishi bilan izoxlaganlar.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil