Pushti fil suyagi (Phyllogeiton zeyheri, sin. Berchemia zeyheri), shuningdek , binafsharan fil suyagi, qizil fil suyagi, umnini yoki umgoloti deb ham ataladi, yogʻochi uy-roʻzgʻor buyumlari tayyorlash uchun ishlatiladigan afrikada oʻsuvchi daraxt[2]. Pushti fil suyagi daraxti asosan Zimbabve, Mozambik, Shimoliy Botsvana va Janubiy Afrikada oʻsadi. Daraxt Janubiy Afrikada himoya ostiga olingan, faqat cheklangan miqdorda ruxsatnoma bilan kesiladi[3][4]. Yogʻochi juda qattiq, zichligi 990 g/dm3.

Pushti fil suyagi
Ilmiy tasniflash
Oʻsimliklar
Yuksak oʻsimliklar
Gulli oʻsimliklar
Ikki urugʻpallalilar
Rosids
Rosales
Rhamnaceae
Phyllogeiton
P. zeyheri
Binar nomi
Phyllogeiton zeyheri

Sinonimlar [1]
  • Berchemia zeyheri (Sond.) Grubov
  • Rhamnus zeyheri Sond.

Pushti fil suyagi Zulu xalqining qirollik daraxti boʻlgan[5]. 1879—yilgi Anglo-Zulu urushigacha faqat qirollik oilasi aʼzolari daraxtga egalik qilishlari mumkin edi. Anglo-Zulu urushidan oldin Zulu qiroli pushti fil suyagidan yasalgan tayoq olib yurar va pushti fil suyagidan yasalgan zargarlik buyumlarini taqar edilar. Zululand inglizlar qoʻliga oʻtib, 1883—yilda 13 ta alohida „qirollik“ ga boʻlinib ketdi.

Pushti fil suyagi daraxti sargʻish, jigarrang, qizgʻish yoki binafsha rangli danak meva hosil qiladi. Daraxtning boshqa qismlari anʼanaviy ravishda dori vositalari sifatida ishlatilgan.

Pushti fil suyagi koʻpincha Afrika qora daraxti, sandal daraxti, agar daraxti va qora daraxt bilan bir qatorda dunyodagi eng qimmat daraxtlardan biri sifatida tilga olinadi[6][7].

Manbalar

tahrir
  1. Andoza:Cite POWO
  2. Berchemia zeyheri | PlantZAfrica.com“. www.plantzafrica.com. Qaraldi: 2017-yil 4-avgust.
  3. „Archived copy“. 2014-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 10-noyabr.
  4. Fisheries. „Department of Agriculture, Forestry and Fisheries > Branches > Forestry & Natural Resources Management > Forestry Regulation & Oversight > Sustainable Forestry > Protected Trees“ (en-US). www.daff.gov.za. Qaraldi: 2017-yil 4-avgust.
  5. Berchemia zeyheri | PlantZAfrica.com“. www.plantzafrica.com. Qaraldi: 2017-yil 4-avgust.
  6. „Top 10 Most Expensive Woods in the World“. Salpoente Boutique (2016-yil 18-noyabr). 2020-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-sentyabr.
  7. „11 Most Expensive Woods in the World“. Ventured (2020-yil 22-iyul). Qaraldi: 2020-yil 19-sentyabr.